11 Avgust 2025 Yil 250

“Tinchlikobod”da tinchlik ta’minlanmoqda

Poytaxt mahallalarida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish orqali mahalla hududlarida jinoyatlikka barham berish, kriminogen vaziyatni mo‘tadillashtirishga erishish borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Shahrimizning Uchtepa tumanida joylashgan “Tinchlikobod” mahallasi anchadan buyon “qizil”toifada bo‘lib, tumandagi kriminogen vaziyatga qora ko‘lanka solib kelmoqda. Mazkur hududdagi ahvol tubdan o‘rganilib, holatni yaxshilash, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlab oldini olish maqsadida mahallaga Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan qo‘shimcha kuch va vositalar safarbar etildi. Xususan, tadbirga jalb etilgan “Qo‘riqlash” xizmati, JTSB PPX xodimlari tomonidan mazkur hududda mahallaning kattayu kichigi, faollari mutasaddi va mas’ullar bilan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borildi. Birgina 9 avgustning o‘zida tadbirkorlarga qarashli 5 ta savdo do‘koniga va 10 ta xonadonga “tashvish tugmasi”, mahallada joylashgan 14 ta bog‘cha va xonadonlar atrofiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Shuningdek, probatsiya nazoratida bo‘lgan 7 nafar fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazilib, profilaktik-ogohlantirish suhbatlari o‘tkazildi.

Mazkur chora-tadbirlar “Tinchlikobod” mahallasida tartib-intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash barobarida mahallani obod etish, ko‘ngillarning ertangi kunga ishonchini orttirishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech