5 Avgust 2025 Yil 293

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish, aholi turmush farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga ko‘maklashish dasturi borasidagi sa’y-harakatlar mas’ullar va mutasaddilarning hamisha diqqat-e’tiborida. Jumladan, Toshkent shahar IIBB tomonidan bu borada qator ishlar qilinmoqda. Shunday tadbirlardan biri Bosh boshqarma YHXB rahbariyati tomonidan amalga oshirildi. Chilonzor tumanida joylashgan “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ikkinchi guruh nogironi, 2002 yilda tug‘ilgan E.Charosxonning holidan xabar olinib, uning yashash shart-sharoitlari, nimalarga muhtojligi o‘rganildi. Charosxon shu mahallada hokimiyat tomonidan berilgan uyda voyaga yetmagan, 2020 yilda tug‘ilgan qizi bilan istiqomat qilib keladi. Suhbat chog‘ida uning ro‘zg‘orda muzlatkich maishiy texnikasiga ehtiyoj borligi aniqlanib, shu masalada yordam berildi. Bu kabi ishlar tizimli ravishda poytaxtning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech