10 Oktyabr 2024 Yil 860

Tezkor xabar

Joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 19.00 da O‘zbekiston va Eron terma jamoalari futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashishadi.


iticket.uz sayti maʼlumotiga ko‘ra, O‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lganligi sababli sotuvga chiqarilgan barcha chiptalar tugagan.


 O‘yinni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.


 Hurmatli fuqarolar! Sizlardan stadionga o‘yin boshlanishidan vaqtliroq tashrif buyurishingizni, shaxsiy transportingizda emas, balki jamoat transportida kelishingizni, chiptalarsiz o'yingohga kelmasligingizni (chiptalarsiz kiritilmaydi) so‘rab qolamiz. Futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish va tirbandliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shimcha jamoat transportlari ajratilganligini maʼlum qilamiz.


Shuningdek, futbol ishqibozlari stadionda jamoat tartibiga va o‘rnatilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlarini, muxlislik madaniyatiga amal qilishlarini so‘raymiz.


O‘zbekiston terma jamoasiga bugungi o‘yinda omad tilaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech