27 Sentyabr 2024 Yil 730

Taʼmirlash vaji bilan sodir etilgan firibgarlik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yunusobod tumani IIO FMBga 44 yoshli Ulug‘bek K. ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil aprel oyida Andrey K. o‘zini qurilish bo‘yicha usta deb tanishtirib, uyida taʼmirlash ishlarini bajarishni vaʼda qildi. Xizmat haqi sifatida oldindan Ulug‘bekdan 142 mln so‘m olgan. Arizachi so‘zlariga qaraganda, usta taʼmirlash ishlarini boshlagan, biroq biroz vaqt o‘tgach, u ishni to‘xtatib, uy egasi bilan uchrashmasdan qochib yurgan, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu shaxs pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, taʼmirlash ishlari yuzasidan ishonchli ustalarga murojaat qilishni va ish to‘liq topshirilgandan keyingina pulini to‘lashni tavsiya qilamiz. 


Barcha yangiliklar

Text to speech