17 Avgust 2023 Yil 1295

TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan polkovnik Sultanxodjaev Ravshan Irkinovich Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Sultanxodjaev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan polkovnik R.Sultanxodjaevni yangi lavozim bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat, xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga ulkan shijoat tilaymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech