16 Noyabr 2023 Yil 1152

«Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori preparatlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik hamda psixotrop moddalarni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari haqida doimiy ravishda maʼlumotlar berib borilmoqda. Lekin afsuski, zahri qotil domiga tushib qolayotgan ayrim fuqarolar hali ham oramizda mavjud. Bu kabi illatlarga qarshi kurashish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar taʼsiriga tushib qolmaslik masalasida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qator targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Kuni kecha Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti hamda “Nizomiy” nomidagi pedagogika Universitetida soha mutaxassislari talaba yoshlar bilan “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori preparatlarining noqonuniy aylanishiga birgalikda kurashaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

So‘zga chiqqan mutaxasislar o‘Z maʼruzalarida bu kabi illatlar nafaqat  inson salomatligi, balki kelajagiga ham raxna solishi, inson umrini jarga yetaklashi haqida So‘Z yuritishdi. Bundan tashqari tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori preparatlarini sotish, o‘tkazish, tarqatish, yetishtirish kabi harakatlarni sodir etganlik uchun qonunlarimizda javobgarlik borligi aytib o‘tildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech