13 May 2024 Yil 1648

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – bosh mezon” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti Sulaymon Valiyev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, muomala madaniyati eng avvalo xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qilishini, xushmuomala xodim deganda, o‘z kasbini ardoqlaydigan, vazifasini bekamu ko‘st bajaradigan, maʼnaviy yetuk, odobli, bilimli, tajribali, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, mamlakat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va maqsadini teran anglagan holda uning faol ishtirokchisi sifatida o‘zini namoyon etadigan xodim tushunilishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi hamda G‘ulom Zafariyning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish etildi. 


Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: