3 Yanvar 2023 Yil 820

Toshkent shahar IIBB xodimlari talonchilikda gumonlangan shaxsni qo‘lga oldilar

Joriy yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 12:30 larda, Bektemir tumanidagi yer osti yo‘lagi oldida 49 yoshli Alijon M. avtobusdan tushgan 44 yoshli Ra’no K.ning chalg‘iganligidan foydalanib, cho‘ntagidan uyali telefonini yashirin ravishda olib ketayotgan vaqtda, ayol payqab qolgan va uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Ayol baqirib yordam so‘rashni boshlagan paytda, shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari gumondor shaxsni issiq izidan qo‘lga oldilar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech