28 Mart 2025 Yil 303

Talabalar bilan uchrashuv va sayyor qabul

Joriy yilning yanvar oyida Prezidentimiz tomonidan “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi bilan uning mazmun-mohiyatini o‘rganish orqali ijrosiga qaratilgan ishlar sur’ati jadallashib ketdi. Bu jarayondan oliy o‘quv yurtlari ham mustasno emas. Kuni kecha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘quv yurti rahbariyati hamda huquq-tartibot mas’ullari, Uchtepa tumani IIO FMB rahbariyati, profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabuli aynan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, hushorlik va ogohlikka chaqirish, jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda xavfsiz muhitni yaratish masalalariga bag‘ishlandi. Xususan, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini, yurtimiz rivoji va ravnaqi, jamiyat hayotidagi ishtirokini faollashtirish kabilarga e’tibor qaratildi.
Mutasaddilar tomonidan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning ham huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi, e’tiborga loyiqlari qayd etildi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda talabalar mas’ullar tomonidan o‘zlarining ko‘plab savollariga javoblar olishdi. Mas’ullar tomonidan talabalarning murojaatlari o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha huquqiy tavsiyalar berildi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: