1 Noyabr 2024 Yil 1295

Talaba yoshlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Shu kunlarda Toshkent shahar IIBB mutasaddilari tomonidan poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlarida tahliliy yig‘ilishlar o‘tkazilib, talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabab va oqibatlari muhokama qilinmoqda.


Ana shunday yig‘ilish Olmazor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston milliy universitetida o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida mazkur o‘quv yurti talabalari tomonidan sodir etilgan bezorilik jinoyati sabab va oqibatlari muhokama qilindi. Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB rahbariyati hamda tuman 4-sektor boshlig‘i, jinoyat sodir etgan talabalar, universitet rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvda inson hayotiga xavf soluvchi tig‘li jismlarni olib yurish qonunga xilof ekanligi bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.


Kelgusida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, oliy taʼlim muassasalari maʼmuriyati va huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech