30 Oktyabr 2023 Yil 1759

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Yunusobod tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba qizlar va o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda ichki ishlar organlari masʼul xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan sharoitlar va imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, xotin-qizlar taʼlim olishlarini taʼminlash maqsadida to‘lov kontraktini to‘lashdagi imtiyozlar, tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, o‘z-o‘zini band qilishini taʼminlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, uchrashuvda taʼlim muassasasi talaba-qizlariga erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, oila-davlat va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda tayanchi ekanligi, har kim tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalanishi kerakligi yuzasidan tushuntirib o‘tildi. Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbatida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech