26 Oktyabr 2023 Yil 1770

Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari xizmat paytida halok bo‘lgan xodimning xotirasini yod etishdi

25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan uzoq yillar ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib, xalqimiz tinchlik-osoyishtaligi yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan ona Vatanimiz himoyachilarining xonadoniga borilib, ularning xotirasi yod etilmoqda.

Jumladan, yaqinda Yashnobod tuman IIO FMB bir guruh xodimlari tuman JQB katta tezkor vakili bo‘lib ishlagan, marhum Mirmaxmud Miraxmetov tahsil olgan maktabda bo‘lib, uning ustozlari va oila aʼzolariga hurmat bajo etildi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga M.Miraxmetov ko‘rsatgan jasorat haqida aytib berildi, uning Vatan tinchligi yo‘lida qilgan qurbonligi barcha yoshlarga o‘rnak va namuna ekanligi taʼkidlandi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech