Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘ksik ko‘ngillarga mehr ulashildi
3 dekabr - Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB hududiy tuzilmalari tomonidan xayriya aksiyalari tashkil etildi. Shunday savobli tadbirlardan biri Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan 37-sonli Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun bayram tadbiri uyushtirildi. Homiylarni jalb qilgan holda bolajonlarga sovg‘alar ulashildi. Shundan so‘ng maktabning 80 nafar o‘quvchilari O‘zbekiston Davlat Yosh tomoshabinlar teatri tomoshasiga bepul jalb etildi.
Shu bilan birga Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari ham shu kun munosabati bilan 22-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolalardan xabar olishdi va esdalik sovg‘alari ulashdi. Bolajonlar o‘rtasida sheʼrlar, ashulalar aytish, ona Vatanimiz hakida g‘azallar kuylash musobaqasi o‘tkazildi.