18 Noyabr 2025 Yil 273

“Eski jaloir” mahalla fuqarolari muammolari o‘rganildi

Vakolatli rahbarlar tomonidan joylarda o‘tkazib kelinayotgan shaxsiy va sayyor qabullar fuqarolarning ko‘plab muammolarini tezkor va qonuniy hal qilishda o‘z samarasini bermoqda. Sergeli tumani IIO FMB rahbariyati tomonidan tumanning “Eski jaloir” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabuli tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal qilish maqsadida mutasaddi tashkilot mas’ullari ham jalb etildi. Mahalla fuqarosi A.Muhabbatning yashash xonadoniga gaz hisoblagich o‘rnatish bo‘yicha murojaati, J.Xadichaning ichimlik suvidan qarzi bo‘lganligi sababli suvdan o‘chirib qo‘yilgani, B.Irodaning oliygohdagi o‘qishiga shartnoma to‘lovlarini to‘lashda moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qilgan murojaatlari qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. Tergov-surishtiruv, mol-mulkni undirish, oilaviy nizolarga taalluqli masalalar qo‘shimcha tekshiruv hamda ma’lumotlar talab qilishi bois ularning ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi. Bu kabi fuqarolarning muammolariga qonuniy yechim topish, ularning haq-huquqlarini kafolatlashga qaratilgan jarayonlar poytaxtning barcha tumanlarida amalga oshirib kelinmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech