11 Iyun 2025 Yil 463

Singapur Politsiyasi vakillarining poytaxt IIBBga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi va Singapur Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va do‘stona aloqalar o‘rnatilgan. Ko‘plab sohalarda, xususan, ichki ishlar organlari faoliyatida o‘zaro o‘rganish, ma’lumotlar va tajriba almashish tobora mustahkamlanib bormoqda. Singapur Politsiyasi rahbari Xung Vi Tek boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga rasmiy tashrifi ana shu har tomonlama hamkorlikning yorqin namunasidir. Mehmonlar tashrifi doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ham bo‘lishib, Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazning zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlanganligi, poytaxt hududida tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, har bir jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaat va xabarlarga tezkor munosabat bildirish, oldini olish borasida amalga oshirayotgan ishlariga ijobiy baho berildi. Bosh boshqarma qoshida faoliyat yuritayotgan “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi chog‘ida u yerdagi ichki ishlar organlari faoliyatining uzoq shakllanish tarixi haqida hikoya qiluvchi asori-atiqalar, yodgorliklar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bilan birga Bosh boshqarmaning Axborot multimedia markazi tomonidan poytaxt ichki ishlar organlari xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida bugungi kun faoliyatini keng aholi qatlamlariga yetkazish, ogohlik va faollik va hamkorlikka chaqirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari ham mehmonlarning e’tiborini tortdi.
Bu kabi davlatlararo o‘zaro ishonchli va do‘stona hamkorlik sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar va ilg‘or tajribalarni tadbiq etish jinoyatchilikka barham berib, yurt tinchligi, osoyishtaligi va rivojiga katta hissa qo‘shishi shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech