18 Mart 2024 Yil 579

Toshkent shahar IIBB xodimlari shayxontohurlik maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB masʼul xodimlari Shayxontohur tumani IIO FMB bilan hamkorlikda tuman 167-maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan IIBB PPXB bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Zafar Adilov voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon berayotgan sharoitlarni bartaraf etish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech