Shayxontohur tumanida o‘rganish ishlari davom etmoqda
Shayxontohur tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB hamda soliq inspeksiyasi rahbarlari tomonidan tumanning Shofayz mahallasi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallalardagi obodonlashtirish, infratuzilma va ijtimoiy soha bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o'rnatilgan kameralar hamda qo'riqlov tashvish tugmalari joyida ko‘zdan kechirildi.
🏫 Shuningdek, 186-sonli umumta’lim maktabi ham nazoratdan o‘tkazildi.
Bunday o‘rganishlar aholining turmush darajasini yaxshilash, yoshlar ta’limi va farovonligini oshirish, mahallalarda qulay sharoitlar yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.