24 Dekabr 2023 Yil 2754

Shayxontohur tumani uchinchi sektor faoliyati haqida

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi uchinchi sektor hududida ijtimoiy soha obyektlari va turar-joy binolarida qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish maqsadida tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, uchinchi sektor rahbari polkovnik Otabek Jamolov va energetika tarmoqlari masʼul rahbarlari maktablarni energiya resurslari bilan taʼminlash borasidagi ishlarning olib borilishi va natijalarini ko‘zdan kechirishdi. Mutasaddilar bir nechta maktablarda bo‘lib, ulardagi sharoit bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Taʼlim muassasalarining isitish tizimlari ishlashi tekshirildi.


Shu bilan birga uchinchi sektor rahbari belgilangan reja asosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Sayyor qabul “Sarxumdon” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Shayxontohur tumani IIO FMB masʼul xodimlari, bir qator tashkilot va muassasalari hamda o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida aholi o‘zini yechimini topmagan savol va takliflari bilan sektor rahbariga murojaat qildi. 2 nafar fuqaroga tikuv mashinalari berildi va ularning murojaatlari shu joyning o‘zida hal etildi. Bir qator murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida ko‘rib chiqish muddatlari belgilanib, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.


Nogironlar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari ham nazardan chetda qolmadi. Homiylik hisobidan muhtojlarga nogironlik aravachalari, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari berildi, uy-joylarni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech