18 Sentyabr 2025 Yil 417

Sergelida sayyor sud!

PDP universitetida yoshlar uchun “Sayyor sud va jinoyat muhokamalari” tadbiri o‘tkazildi. Unda sudyalar, prokuratura va probatsiya vakillari ishtirok etdi.

Sud jarayonida turli jinoyatlar uchun jazoga hukm qilingan, ammo jazoning katta qismini o‘tab, tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslar muddatidan oldin shartli ozod qilindi.

Yoshlar bilan suhbatda jinoyatlarning sabablari va oqibatlari haqida gapirilib, “jinoyat jazosidan qochib bo‘lmaydi” degan haqiqat alohida ta’kidlandi.

Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi va ularni qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

© Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech