6 Yanvar 2026 Yil 86

Sergelida ayollar uchun imkoniyat: 6 nafar mahkumaga muddatidan oldin ozodlik so‘raldi

Sergeli tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik B.Anvarov hamda tuman hokimi o‘rinbosari N.Jo'rayeva boshchiligida probatsiya hisobida turgan 45 nafar xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla faollari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, ayollarning yashash sharoiti va muammolarini tinglashdi.

Tadbir davomida o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 6 nafar ayolning murojaati alohida e’tiborga olindi. Ularning namunali xulq-atvori inobatga olingan holda, tuman IIO FMB boshlig‘i nomidan jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudiga muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqida taqdimnomalar kiritildi.

Bunday tadbirlar xato qilgan ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va tezroq oilasi bag‘riga qaytishi uchun katta imkoniyatdir.

© Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech