Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbirlari samarali tashkil etildi
Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani hududi miqyosida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" maxsus tezkor-profilaktik kompleks tadbirlari yuzasidan bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, tuman kesimida kriminalogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni aniqlash, tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, mahallalarda faoliyat olib borayotgan "yettilik" hamda mahalla imomlarini jalb qilgan holda har-bir xonadonni o‘rganish, ayniqsa yakka-yolg‘iz yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy janjalkash hamda nizosi mavjud oilalar bilan yakka tartibda ta’sirchan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, ichki ishlar organlari hisobida turgan barcha toifadagi shaxslar va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lganlar ajratib olindi va ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumanida sog‘liqni saqlash bo‘limlarida ro‘yxatdagi spirtli ichimlikka va giyohvandlikka ruhiy nosog‘lom shaxslar, hududlarda ilgari sudlanganlar, ma’muriy nazoratda va probatsiya hisobida turganlar, uzoq muddatga boshka davlatlarga ketib qaytib kelgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar ro‘yxatlari shakllantirilib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.