10 Fevral 2026 Yil 505

Sergeli tumani mahallalarida sayyor qabullar

Prezidentimiz tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida Sergeli tuman prokurori O‘.Do‘lanov va tuman IIO FMB boshlig‘i B.Anvarovlar mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida tumandagi qator mahallalarga tashrif buyurishdi. Xususan, “Yangi Sergeli” mahallasida olib borilgan o‘rganish ishlarida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, mazkur mahallada qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda ishlayotgan ishchilarning sharoitlari bilan tanishilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. "Keng-makon" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulga tashrif buyurgan 15 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ulardan 5 nafarining muammolari joyida hal qilindi. 4 ta murojaatning ijrosi nazoratga olinib, 6 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tavsiyalar berildi. "Jo‘n ariq" mahallasidagi sayyor qabulda 18 nafar fuqaro qatnashdi. 6 nafarining muammolari joyida hal etildi. 5 nafariniki nazoratga olindi, 7 nafariga huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. "Daryobo‘yi" mahallasidagi sayyor qabulda 10 nafar fuqaro qabul qilinib, 4 ta murojaat ijobiy hal etildi, 4 nafariga huquqiy yordam ko‘rsatilib, 2 tasining ijrosi nazoratga olindi. "Quruvchilar" mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulga tashrif buyurgan 12 nafar fuqaroning 6 nafariniki joyida hal etildi, 4 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, 2 fuqaroga huquqiy tavsiya berildi. 2 nafar yoshning muammoli masalalari o‘rganilib, joyida hal etildi. "Qipchoq" mahallasida 14 nafar fuqaroning murojaatlarini o‘rganish chog‘ida 7 tasi joyida hal etildi, 3 tasi nazoratga olindi, 4 tasi bo‘yicha huquqiy tavsiya berildi. Shuningdek, 2 nafar yoshning muammosi joyida hal etildi. “Saxovat” mahallasida mahalla “yettiligi” hamda profilaktika inspektorlari faoliyati bilan tanishilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilganidan so‘ng o‘tkazilgan sayyor qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. 8 ta murojaat ijobiy hal etildi. 4 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tavsiyalar berilib, 3 tasining ijrosi nazoratga olindi. Bulardan tashqari 2 nafar murojaat qilgan yoshlarning muammosi ijobiy hal etildi. Bu kabi aholi bilan yaqin va o‘zaro ishonchli aloqada bo‘lish, ularning haq-huquqlarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar poytaxtning barcha tuman ichki ishlar organlari rahbarlari hamda mas’ullari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech