16 Yanvar 2024 Yil 2318

Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida “xonadonbay” tizimi asosida Sergeli tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xodimlar o‘zlari biriktirilgan ma'muriy hududlarda oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Mahalla aholisi orasida plastik karta bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, velosiped va kolyaskalarni qarovsiz qoldirmaslik bo‘yicha profilaktik suxbatlar amalga oshirildi. Avtoulovdan o‘g‘rilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, jamoat joylarida targ‘ibot hamda tashviqot flaerlari tarqatildi. Bu kabi tadbirlar barcha tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech