22 Noyabr 2024 Yil 125

Sektor kotiblariga navbatdagi trening tashkil etildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahri filiali xodimlari tomonidan 3-sektor kotiblari uchun maxsus trening o‘tkazildi. Unda kotiblarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 536-sonli qarori, shuningdek, sektor rahbarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda samaradorlik.uz platformasidan foydalanish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.


Shuningdek, sektorlarni baholashda “mahalla yettiligi” faoliyat samaradorligining ahamiyati va natijadorlikka nisbatan taʼsiri yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi. Aholi muammolari bilan manzilli ishlash, natijadorlikka erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech