7 May 2024 Yil 2142

Sayyor sudda probatsiya hisobidagi shaxslar jazodan ozod etildi

Poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan “Bog‘zor” mahallasida sayyor sud o‘tkazildi.

Chilonzor tumani IIO FMB probatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 18 nafar nazorat ostidagi shaxslar sudga olib kelindi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sud'yalari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida 9 nafar shaxslarga nisbatan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Probatsiya xizmati tartib-qoidalariga to‘liq amal qilib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, yashash va ish joyidan ijobiy tavsiflangan, shuningdek, sud tomonidan tayinlangan jazoning tegishli qismini o‘tab bo‘lgan mahkumlarning o‘talmay qolgan jazosidan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, sayyor sud majlisi yakunida tuman sudining sud'yalari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, huquqiy yordam ko‘rsatildi.



Barcha yangiliklar

Text to speech