18 Oktyabr 2024 Yil 414

Sayyor qabullar davom etmoqda

Kengashgan to‘y tarqamas, deganlaridek, kengashib ish qilish besamar ketmaydi. Mahallani, unda yashovchi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini, ehtiyoj va manfaatlarini tizimli o‘rganish va hamkorlikda ularga yechim topish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z natijalarini bermoqda. Kuni kecha poytaxtning 3-sektor rahbari general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan Olmazor tumani “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda shuningdek tuman hokimi Azizxon Umarxonov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Unda 41 nafar shaxslardan tushgan 44 ta murojaatlar o‘rganilib, amaliy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. O‘rganishlar natijasida ularning 19 tasi joyida ijobiy hal etildi. 8 tasi bo‘yicha malakali tushuntirish berildi. Qo‘shimcha muddat talab qiladigan 17 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra:  2 tasi yo‘l-harakat xavfsizligiga oid bo‘lib, mahalla yo‘llarida fuqarolar, ayniqsa bolalarning xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tegishli yo‘l belgilari va chiziqlarini o‘rnatish; 5 tasi subsidiya asosida uy-joy olish; 15 tasi tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini qayta ko‘rib chiqish; 5 tasi ishga joylashish, 1 tasi ID kartasini olishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarni tashkil etdi.

Ijtimoiy masalalar bo‘yicha tushgan 10 ta murojaatlar o‘rganilib, joyida ijobiy  hal etildi. Taʼkidlash joizki, bu boradagi amaliy ishlar tizimli ravishda poytaxtimizning har bir tumanlarida muntazam davom ettirib kelinmoqda.


Barcha yangiliklar

Text to speech