26 Aprel 2025 Yil 909

Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan sayyor qabullar tizimi aholining muammolarini joyida o‘rganish va hal etish, ertangi kunga ishonch xissini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yana-da yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Yashnobod va Bektemir tumanlari aholisi uchun tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabul Yashnobod tumanida joylashgan “Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish Monomarkaz" binosida bo‘lib o‘tdi. Poytaxt IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev va Xalq qabulxonasi tomonidan o‘tkazilgan qabulda ushbu tumanlarning mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.

O‘tkaziladigan sayyor qabul davomida jami 34 nafar fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Ulardan 15 tasi surishtiruv va tergov harakatlari yuzasidan; 5 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha; 2 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, xizmatni o‘tash va qayta tiklash yuzasidan; 8 tasi probatsiya hisobda turgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida; 3 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish bo‘yicha; 1 tasi davolanish uchun moddiy yordam bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 9 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha malakali tushuntirish berildi, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 20 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida 3 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi va davlat organlari o‘rtasida ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni kechiktirmasdan hal etishda muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech