23 Noyabr 2025 Yil 252

Navbatdagi sayyor qabul Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tdi

Xalqimizning manfaatlarini himoya qilish, qonuniy kafolatlarini taʼminlash fuqarolik jamiyatini yaratishning poydevoridir. Mutasaddi rahbarlar tomonidan sayyor qabullar tashkil etish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, ayniqsa, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Poytaxtimizning Yunusobod tumanida Toshkent shahar IIBB rahbariyati va mutasaddilarining aholi bilan o‘tkazgan sayyor qabuli ana shu ustuvor vazifa ijrosining uzviy davomidir. Qabul Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolariga yechim topishga qaratildi. Ochiq muloqot chog‘ida aholining murojaatlari va savollari tinglandi.

Qabul jarayonida turli masalalarda ellikdan ortiq murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ularning 17 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 28 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 10 nafar fuqarolar uchun jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yuzasidan tegishli taqdimnomalar yuborildi.

Qabul yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, 3 nafar shaxsning O‘zbekiston fuqaroligini olish iltimoslari qanoatlantirilgani bois, ularga ID kartalar topshirildi.

Bu kabi qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech