17 Sentyabr 2025 Yil 322

Sayohat – dilga rohat

Yurtimizda iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat, sportni keng omma orasida rivojlantirish qatorida boy tarixiy merosimiz, asori-atiqalarimizni o‘rganishga ham katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz tomonidan shu yilning 15 mayida “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali tizimning iqtisodiyotga bo‘lgan o‘rni va ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” qabul qilgan Farmoniga asosan joriy yilning iyun oyidan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” nomi bilan ichki turizmni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra har oyning ikkinchi haftasi “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan. Mazkur Farmon hamda respublika IIVning ko‘rsatmasiga asosan Toshkent shahar ichki ishlar xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ko‘hna Buxoro shahriga ikki kunlik sayohat tashkillashtirildi. 50 nafar poytaxt IIBB xodimlari va ularning oila a’zolari qadim shaharning boy merosi, masjidu minoralari, me’moriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar. Qadimiy shaharga tashrif sayyohlarda katta ta’surot qoldirdi. Mazmunli va qiziqarli sayohat xodimlarni xizmatga bo‘lgan munosabatlari, mehnat samaradorligini oshirishga rag‘batlantirish, tariximizga hurmat hissini shakllantirish, madaniy hordiq olish bilan birga oilaviy rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shak-shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech