16 Oktyabr 2023 Yil 383

Savob ishlar salmog‘i

Yunusobod tumani 3-sektori hududida jami 16 ta mahalla joylashgan. Sektorning ishchi guruhi a’zolari mahallalarda obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari barpo etish ishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, keksa, nogiron, ehtiyojmand  insonlarning holidan xabar olib, ko‘pchilikning duosiga sazovor bo‘lyapti. 

3-sektor rahbariyati hamda tuman Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda bir nechta nogironligi bo‘lgan insonlarga yordam ko‘rsatildi. Ularning xonadonlariga borilib, nogironlik aravachalari topshirildi. 

Sektor hududidagi og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar, ayniqsa «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiri­tilgan oilalar hamda fuqarolarning muammolari mahallalarda «mahallabay» va «xonadonbay» tamo­yili asosida o‘rganib chiqilmoqda. «Yoshlar daf­tari»ga kiritilgan 450 nafarga yaqin yoshlardan 

234 nafariga jami 477 mln. 

287 ming so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatilib, ular ro‘yxatdan chiqarildi.

«Temir daftar» bo‘yicha mavjud 1400 tadan oshiq ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli, lekin ishsiz a’zolari ro‘yxati shakllantirilib, saxovat.idm.uz ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Shundan ularning 

98,2 foizi ishga joylashtirildi. 

«Ayollar daftari»ga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘rganishlar davomida aniqlangan 2700 nafardan ortiq xotin-qizlarga muammoli masalalari yuzasidan moddiy va boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, «Ayollar jamg‘arma»si hisobidan 2500 nafardan oshig‘iga 

3 mlrd. 139 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. 

Tuman 3-sektor rahbariyati va ishchi guruhi tomonidan bu kabi savob ishlar davom ettirilmoqda. Muammosi hal etilayotgan va hojati ravo bo‘layotgan fuqarolar bundan mamnun.

Sarvar SOBIROV,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.

Manba: ©️ POSTDA – На посту 

Barcha yangiliklar

Text to speech