Mutasaddi rahbarlar tomonidan sayyor qabullar tashkil etish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, ayniqsa, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayev tomonidan Bosh boshqarma binosida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning tergovga qadar tekshiruv, ijtimoiy himoya, ichki ishlar organlariga ishga kirish, moddiy yordam kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
O‘tkazilgan qabulda 62 nafar fuqarolar yuzaga kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, 3 nafar fuqaro tomonidan ko‘tarilgan muammo joyida ijobiy hal etilib, qolgan 43 nafar fuqarolarning murojaatlari ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, 16 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Jumladan, poytaxtimizning Sergeli tumanida yashovchi fuqaro haydovchilik guvohnomasi masalasi yuzasidan murojaat qildi. Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan murojaat ijobiy hal etildi.