25 Sentyabr 2024 Yil 1398

Yurtimiz ravnaqi – yoshlar tarbiyasida

       Yoshlarimizni yurtga sadoqat,vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish hamisha  diqqat-eʼtiborimizda. Ularni barkamol  insonlar bo‘lib yetishishi, mamlakatimizning  ravnaqi va istiqbolini belgilaydi. Shu maqsadlarda IIVning 1-sonli akademik litseyi tomonidan “O‘zbekiston, Vatanim manim!”, “Davlat ramzlari – faxrim, g‘ururim!” mavzularida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.


Bu kabi tadbirlar IIVning 1-sonli akademik litseyi otaliqqa olgan Shayxontohur tumanidagi  293-sonli hamda Yashnobod tumanidagi 206- sonli umumtaʼlim maktablarida ham bo‘lib o‘tdi.          


Mazkur maʼrifiy-profilaktik tadbirlarda Vatanga muhabbat, yurtimizning ravnaqi, taraqqiyotiga hissa qo‘shish, davlatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, xalqchil va adolatli jamiyatni yaratish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida so‘z yuritildi.  Shuningdek, ayni kunlarda poytaxtimizda giyohvandlik  va psixotrop  moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligining olib borilayotgani mavzusi ham eʼtibordan chetda qolmadi. Vaholanki, bugungi kunda  mazkur illat  bilan bog‘liq jinoyatlarning tobora yoyilib borayotgani, hatto  o‘quvchi va yoshlarning hayotiga ham xavf solayotgani hech kimga sir emas. Bunda g‘arazli, nopok kimsalarning o‘z maqsadlari yo‘lida axborot-texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanilayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda turli havolalar, messenjerlar orqali giyohvandlikka qaram qilishga urinishlar va harakatlar sodir etilayotgani taʼkidlandi. O‘smir yoshlarning bu borada ogoh va ehtiyotkor bo‘lish, shubhali saytlarga kirmaslik haqida  tushuntirishlar berildi.


Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech