5 Aprel 2023 Yil 1764

Toshkent shahar IIBB xodimlari giyohvandlik vositalarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq holatni aniqlashdi

Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida xizmat olib borayotib, yo‘l chetida turgan «Spark» rusumli avtomashinani tekshirish maqsadida to‘xtashgan. Avtomashina haydovchisi xodimlarni ko‘rib, o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan. Shundan so‘ng, 37 yoshli Sherzod A.ga tegishli avtomashina saloni xolislar ishtirokida tekshirilganda, haydovchi o‘rindig‘i ostida qora rangli sellofan paket ichida 272 dona “Regapen” va 2 ta quti “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi psixotrop moddalari borligi aniqlandi. Shuningdek, avtomashina saloni ichidan paketga joylangan o‘tkir hidli modda ham topilgan.
 
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Sherzod A. va aniqlangan moddalar Shayxontohur tumani IIO FMBga topshirilgan.
 

Barcha yangiliklar

Text to speech