14 Sentyabr 2024 Yil 1434

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi savdo majmualarining birida bir fuqaro boshqa fuqaroni urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan savdo majmualarining birida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni qo‘li bilan urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi - 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan video tasvirga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan muqaddam ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan. 


Barcha yangiliklar

Text to speech