Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
2022 yilning taxminan avgust oylarida 1997-yilda tugʻilgan L.M. Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida farzandi 2020-yilda tugʻilgan R.S. ga qoʻpol munosabatda boʻlib jahl ustida urgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.