26 Aprel 2025 Yil 1165

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olganligi aks etgan fotolavhalar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 21 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktablarning birida, voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan R.S. hamda shu maktab o‘quvchisi voyaga yetmagan 2007 yilda tug‘ilgan A.I. tortishib qolganligi va tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Janjal vaqtida voyaga yetmagan A.I. voyaga yetmagan R.S.ga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech