Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning IIO xodimining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Videodagi holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Hodisa joyida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Choriev hamda Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik N.Haydarovlar o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.
Shuningdek, xodimning harakatiga baho berish uchun Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, natijasi bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi ta'minlanadi.