2 Yanvar 2026 Yil 202

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs qizning telefonini tortib olganligi haqidagi xabar tarqalib turli muhokamalarga sabab boʼlmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

2025 yilning 21 dekabr kuni taxminan soat 21.20 da 2004 yilda tugʼilgan S.Q. Mirobod tumani Аmir Temur koʼchasidagi yer osti yoʼlidan oʼtayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs 500 АQSh dollariga teng boʼlgan telefon apparatini kuch bilan tortib olib, voqea joyidan qochib yashiringan.

Koʼrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida nomaʼlum shaxsning shaxsi aniqlanib, u 1999 yilda tugʼilgan, muqaddam sudlangan (Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʼgʼrilik”) bilan) Madumarov Otabek Oxunjon oʼgʼli ekanligi maʼlum boʼldi va tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (“Bosqinchilik”) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. O.Madumarovga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʼllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxsdan jabr koʼrgan boʼlsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-42-54 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni soʼraymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech