22 Sentyabr 2024 Yil 505

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi  yosh bolani urganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

2022 yilning taxminan avgust oylarida 1997-yilda tugʻilgan L.M. Shayxontohur tumanida joylashgan yashash xonadonida farzandi 2020-yilda tugʻilgan R.S. ga qoʻpol munosabatda boʻlib jahl ustida urgan. 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.


Barcha yangiliklar

Text to speech