28 Aprel 2025 Yil 1212

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 15 aprel kuni taxminan soat 16.30 larda Yashnobod tumanidagi bozorlardan birida, shu bozorda savdo qiluvchi fuqarolar: 1998 yilda tug‘ilgan A.A., 2006 yilda tug‘ilgan Z.D., 1982 yilda tug‘ilgan N.E. hamda 1984 yilda tug‘ilgan M.M. lar tortishib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.

Barcha yangiliklar

Text to speech