10 May 2025 Yil 1183

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro o‘z tomiriga inyeksiya yo‘li bilan modda yuborgani (ukol) aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilib, holatga aniqlik kiritildi.

Joriy yilning 9 may kuni taxmnan soat 17.00 larda 1979 yilda tug‘ilgan B.G. Shayxontohur tumanidagi mahallalardan birida o‘z tomiriga inyeksiya yo‘li bilan suyuqlik moddasini yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga bog‘liq holatlarga guvoh bo‘lsangiz t.me/stopnarko_bot telegram boti orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech