22 Oktyabr 2025 Yil 274

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni taxminan soat 20.00 larda, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasida, 1996 yilda tug‘ilgan B.S. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida 1964 yilda tug‘ilgan S.D. ni bir necha marotaba urgan va hodisa joyidan “Nexia-2” rusumli avtomashinada ketib qolgan. Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, jabrlanuvchiga “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng qosh sohasi shilingan jarohati” tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasarory tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech