Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi va bir nechta shaxslar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 9 fevral kuni Uchtepa tumani, Yusuf Sakkokiy mahallasi hududida, 2001 yilda tug‘ilgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashina haydovchisi N.A. (yo‘lovchisi 2005 yilda tug‘ilgan X.N.) hamda fuqarolar: 1993 yilda tug‘ilgan S.S., 1990 yilda tug‘ilgan O.S., 2006 yilda tug‘ilgan S.A., 2008 yilda tug‘ilgan A.A. tortishib qolganligi va tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Janjal vaqtida yuk avtomashinasining yo‘lovchisi X.N. temir jism bilan fuqaro O.S. ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.