Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 22 mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan ko‘ngilochar maskanlarining birida, 1998 yilda tug‘ilgan A.Sh., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ustki kiyimini yechgan holatda harakatlanib jamoat tartibini buzgan. Bu harakatlari bilan A.Sh. fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan A.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.