27 Noyabr 2023 Yil 488

Rasmiy maʼlumot

Joriy yilning 25 noyabr kuni “Xumo arena” majmuasiga konsertga kelgan fuqarolarning tadbirga kirishida tartibsizlik yuzaga kelgan edi, mazkur holat Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, og‘ir oqibat sodir bo‘lishining oldi olingan.   

Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tartibsizlik jarayonida go‘yoki bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etganligi haqida asoslanmagan hamda tekshirilmagan xabarlarni tarqatmoqda. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holatda birorta fuqaro jarohat olganligi va vafot etganligi haqida xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

Ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta chiptalar sotilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech