10 Mart 2026 Yil 85

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 9 mart kuni taxminan soat 18.00 larda, Yakkasaroy tumani, Shota Rutaveli ko‘chasida, 1990 yilda tug‘ilgan K.I. o‘zining tanishi 1969 yilda tug‘ilgan B.A. bilan o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Hodisa natijasida jabrlanuvchi B.A. tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi K.I. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech