22 Mart 2025 Yil 351

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida bir nechta shaxslar ko‘chaga noqonuniy ravishda chiqindilar tashlashi oqibatida fuqarolar e’tiroz bildirganligi aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 20-mart kuni Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida, 1995-yilda tug‘ilgan B.J. ko‘mirdan chiqqan kul va chiqindilarni axlat solish uchun mo‘ljallangan temir quti yoniga to‘kib ketgan. Natijada, to‘liq o‘chmagan olov ichidagi cho‘g‘lardan tutun chiqa boshlab, fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Xabardan so‘ng xodisa joyi chiqindilardan tozalangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro B.J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: