Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs “Matiz” rusumli avtomashinaga shikast yetkazganligi aks etgan foto tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni Yunusobod tumani, 13-mavze hududida, 1999 yilda tug‘ilgan B.G. mast holatda, 1954 yilda tug‘ilgan O.R. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasiga shikast yetkazgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro B.G. ushlangan.
Mazkur holat Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.