Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs pichoq koʼtargan holda koʼp qavatli uy yoʼlagida pichoq koʼtarib harakatlanganligi aks etgan video yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning 5-yanvar kuni tungi soat 01.35 larda 1984-yilda tugʼilgan O.S. mast holatda boʼla turib, Yashnobod tumanidagi koʼp qavatli uylardan birida qoʼshnisi D.Yu.ning eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida boʼla turib, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʼlgan ashyoni qonunga xilof ravishda olib yurib, jamoat tartibini buzgan. Ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan chora koʼrilgan va huquqbuzar maʼmuriy tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro O.S.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 185 prim.2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʼlgan ashyolarni olib yurish”), 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʼplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʼyicha Yashnobod tumani sudiga yuborilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.