So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda go‘yoki Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi, maktablar, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lganligi haqida audio ovozli yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlar haqiqatga zid bo‘lib, Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘irligi holatlari qayd etilmaganligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari! Sizlardan, asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan.